Level Up orqali rivojlanish
Kichik va o‘rta biznes rahbarlari hamda xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni qayta tayyorlash orqali raqamli transformatsiyani rivojlantirishga xizmat qiluvchi ta’lim provayderlari platformasi.
Level Up TrainingLevel Up orqali rivojlanish
Kichik va o‘rta biznes rahbarlari hamda xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni qayta tayyorlash orqali raqamli transformatsiyani rivojlantirishga xizmat qiluvchi ta’lim provayderlari platformasi.
Istalgan joy va vaqtda o‘z ustida ishlash
O‘z tezligida rivojlanish
Raqamli ko‘nikmalarni kuchaytirish
Doimiy yangilanib boruvchi bilimlar
O‘zini o‘zi nazorat qilishni o‘rganish
O‘zini o‘zi nazorat qilishni o‘rganish
Global fikrlashni shakllantirish
Resurslardan to‘g‘ri foydalanish
Uzluksiz o‘sish muhiti
Jonli muloqot orqali tez o‘sish
Amaliy mashqlar orqali o‘rganish
Motivatsion muhitda rivojlanish
Fikr bildirish va himoya qilishni o‘rganish
Tezkor feedback olish
Tartib va intizomni shakllantirish
Networking va yangi aloqalar
O‘zgarishni real hayotda his qilish
Level Up turli soha vakillari uchun raqamli bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Platforma kichik va o‘rta biznes xodimlari hamda ish izlovchilar uchun mo‘ljallangan, amaliy va qisqa muddatli kurslar orqali ularning kasbiy darajasini oshirishni ko‘zlaydi. Ta’lim jarayoni quyidagi asosiy yo‘nalishlarga yo‘naltirilgan:

Level Up kichik va o‘rta biznes xodimlari uchun raqamli bilim va ko‘nikmalarni oshirishga yordam beradi. Platforma qisqa muddatli kurslar orqali ularni zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashishga tayyorlaydi. Asosiy e’tibor quyidagi muhim yo‘nalishlarga qaratiladi:
Level Up dasturining aniq maqsadlari quyidagilardan iborat.
Turli soha mutaxassislari uchun zamonaviy va amaliy o‘quv kurslarini yaratish hamda trening provayderlari o‘rtasida bilim va tajriba almashish tizimini rivojlantirish.
Mehnat bozori talablari va real ish jarayonidagi ehtiyojlarni hisobga olgan holda yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish.
Neft, bank, AYOQSH, energetika, IT, HR, buxgalteriya, tekstil, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yurituvchi xodimlarning kasbiy hamda raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Onlayn va gibrid ta’lim formatlari orqali turli tashkilotlar, korxonalar va ish izlovchilarni malaka oshirish jarayoniga jalb qilish.
Level Up platformasi orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda zamonaviy o‘quv kurslarini keng auditoriyaga yetkazish.
Zamonaviy raqamli yechimlar va innovatsion o‘quv kurslari orqali turli soha xodimlarining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaymiz.
Level Up kichik va o‘rta tashkilotlar, rahbarlar, menejerlar, xodimlar hamda ish izlovchilar uchun sanoat ehtiyojlariga mos va zamonaviy o‘quv kurslarini ishlab chiqadi. Ushbu kurslar asosiy kompetensiya yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirish va qayta tayyorlashga qaratilgan.
O‘quv kurslarini ishlab chiqish, yaratish va taqdim etish xodimlar va menejerlarning kasbiy malakasini oshirishga xizmat qiladi, ayniqsa kichik va o‘rta biznes egalariga, menejerlarga va xodimlarga qaratilgan.
Level Up kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlar quyidagi natijalarga ega bo‘ladi:
Neft, bank, IT, HR, buxgalteriya, elektr, tekstil va boshqa sohalardagi xodimlar uchun raqamli va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish.
Turli tashkilotlar va korxonalardagi xodimlarning malakasini oshirish orqali ish samaradorligini va ish sifatini yaxshilash.
Amaliy mashg‘ulotlar, real ish jarayonlari va soha yo‘naltirilgan misollar orqali bilimlarni mustahkamlash.
Soha tendensiyalari, raqamli transformatsiya, ma’lumotlar tahlili, sun’iy intellekt, IoT, kiberxavfsizlik va boshqa innovatsion texnologiyalarni tushunish.
Mutaxassislar, konsultantlar va mentorlar bilan ishlash imkoniyati, ularning tajribasi va bilimlaridan kurslar davomida foydalanish.